Asosiy kontentga oʻtish
Dars
3
Deriv MT5 | Oʻrta daraja

Obyektlar

Davomiyligi
13
daqiqa


Bugun biz Deriv MT5 platformasida mavjud turli obyektlarni Deriv MT5 platformasi hamda ular savdo strategiyalaringiz va texnik tahlilingizni qanchalik yaxshilashi mumkinligini koʻrib chiqamiz. Ushbu asboblardan samarali foydalanishni bilish sizga asosli savdo qarorlarini qabul qilishda yordam beradi.
‍

Grafik obyektlar bilan tanishuv

Deriv MT5 platformasidagi obyektlar — bu grafiklaringizga joylashtirishingiz mumkin boʻlgan, muhim narx darajalarini belgilash, tendensiyalarni aniqlash va zarur maʼlumotlarni izohlash uchun moʻljallangan grafik asboblardir. Ular treyderlarga bozor maʼlumotlarini koʻrgazmali tarzda tahlil qilish va narx harakatlariga kontekst berish orqali savdo strategiyalarini yaxshilash imkonini beradi.

Ushbu obyektlarga kirish uchun menyudagi “Insert” boʻlimiga oʻting va “Objects” ustiga kursorni olib boring. Keling, eng koʻp qoʻllaniladigan asboblarning ayrimlariga eʼtibor qaratamiz.
‍

Asosiy grafik obyektlar

  1. Chiziqlar:
    • Gorizontal chiziqlar: Qoʻllab-quvvatlash va qarshilik kabi muhim narx darajalarini belgilash uchun ishlatiladi. Ular potensial burilish zonalarini yoki narx konsolidatsiyasi nuqtalarini aniqlashga yordam beradi.
      ‍
    • Vertikal chiziqlar: Muayyan vaqt oraliqlarini belgilash uchun qulay boʻlib, muhim sanalar yoki voqealarga nisbatan narx harakatlarini tahlil qilishga yordam beradi.
      ‍
    • Trend chiziqlari: Bozor tendensiyasining yoʻnalishi va kuchini koʻrsatish uchun muhim narx nuqtalarini (yuqori va past nuqtalarni) tutashtiradi hamda tendensiya davom etayotgani yoki oʻzgarayotgani haqida tasavvur beradi.
      ‍
  2. Kanallar:
    • Equidistant Channels: Narx harakatlarining yuqori va pastki chegaralarini belgilovchi ikkita parallel chiziqdan iborat. Ular tendensiyalarni hamda qoʻllab-quvvatlash yoki qarshilik darajalarini koʻrish imkonini beradi va potensial yorib oʻtish nuqtalari yoki burilishlarni aniqlashni osonlashtiradi.
      ‍
    • Andrews' Pitchfork: Muhim yuqori yoki past nuqtadan chiziladigan uchta parallel chiziqdan iborat. Markaziy chiziq asosiy tendensiyani koʻrsatadi, tashqi chiziqlar esa qoʻllab-quvvatlash va qarshilik darajalarini aniqlashga yordam beradi.
      ‍
  3. Gann asboblari:
    • Gann Line: Narx oʻzgarishi va vaqt oʻrtasidagi muvozanatni ifodalovchi 45 darajali trend chizigʻi. U narxning Gann Line’ga nisbatan joylashuviga qarab bozor oʻsish yoki pasayish tendensiyasida ekanini baholashga yordam beradi.
      ‍
    • Gann Fan: Bitta nuqtadan muayyan burchaklar ostida tarqaluvchi bir nechta trend chiziqlarini hosil qiladi. Bu tendensiya kuchini va potensial burilishlarni baholash uchun qulay.
      ‍
  4. Fibonachchi asboblari:
    • Fibonacci Retracement Tool: Bozorda potensial burilish nuqtalarini aniqlash uchun asosiy Fibonachchi darajalarida gorizontal chiziqlar chizadi. Bu darajalar tarixiy narx harakatlariga asoslangan holda qoʻllab-quvvatlash yoki qarshilik vazifasini bajaradi.
      ‍
    • Fibonacci Channel: Tendensiya yoʻnalishini tahlil qilish va bozorning potensial harakatlarini bashorat qilish uchun Fibonachchi nisbatlariga asoslangan parallel chiziqlardan foydalanadi hamda kirish va chiqish nuqtalari haqida tasavvur beradi.
      ‍
  5. Elliott Wave asboblari:
    • Impulse Waves — asosiy tendensiya boʻylab yoʻnalgan beshta toʻlqindan iborat kuchli harakatlar, Corrective Waves esa tendensiyaga qarshi yuz beradi va odatda uchta toʻlqindan tashkil topadi. Bu bozor sikllarini tahlil qilish imkonini beradi.
      ‍
  6. Shakllar, strelkalar va grafik obyektlar:
    • Grafik tahlilni boyitish uchun oddiy shakllar va strelkalardan foydalaning. Ular muayyan hududlar yoki shakllarni ajratib koʻrsatishga yordam beradi hamda tendensiyalar va muhim narx harakatlarini koʻrishni osonlashtiradi.
      ‍

Obyektlarni oʻzgartirish va sozlash

Obyektlarni grafikka joylashtirganingizdan soʻng, ularni oson oʻzgartirishingiz mumkin:

  • Obyektni koʻchirish yoki sozlash uchun uni tanlash maqsadida ustiga bosing. Boshqaruv nuqtalari paydo boʻladi va ular yordamida obyektni kerakli joyga sudrab oʻtkazishingiz mumkin.
    ‍
  • Obyektni oʻchirish uchun sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va “Delete” ni tanlang yoki Backspace tugmasidan foydalaning. Agar obyektni tasodifan oʻchirib yuborsangiz, sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, “Undo Delete” ni tanlash yoki Ctrl+Z tugmalarini bosish orqali bu amalni bekor qilishingiz mumkin.

Shuningdek, tanlangan obyekt ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, “Properties” ni tanlash orqali uning koʻrinishini sozlashingiz mumkin. Bu quyidagi imkoniyatlarga ega oyna ochadi:

  • Common Tab’da chiziq rangi, qalinligi va uslubini oʻzgartirish.
    ‍
  • Levels Tab’da Fibonachchi va Gann asboblari uchun darajalar, uslublar va ranglarni oʻzgartirish.
    ‍
  • Parameters Tab’da joylashuv va koʻrinish sozlamalarini aniqlashtirish.
    ‍
  • Visualisation Tab’da obyektlaringiz qaysi vaqt oraliqlarida koʻrsatilishini tanlash.
    ‍

Xulosa

Deriv MT5 asboblar toʻplamida mavjud turli obyektlardan foydalanib, treyderlar grafik tahlilida amaliy ustunlikka ega boʻlishi mumkin. Narx harakatlarini izohlash, tendensiyalarni belgilash va muhim maʼlumotlarni koʻrgazmali qilishni bilish strategiyalaringizni takomillashtirish va savdo natijalaringizni yaxshilash imkonini beradi.

Ushbu asboblarning imkoniyatlariga oʻrganib olish uchun ulardan Deriv MT5 demo hisobida mashq qilishni tavsiya etamiz. Keyingi darsimizda Deriv MT5 platformasidagi indikatorlar va ulardan puxta bozor tahlili uchun qanday foydalanishni koʻrib chiqamiz. Muvaffaqiyatli savdo!

Quiz

Deriv MT5da grafik obyektlarining asosiy vazifasi nima?

Qaysi vosita tarixiy narx darajalariga asoslanib, potensial burilish nuqtalarini aniqlashga yordam beradi?

Deriv MT5da grafik obyektlarining koʻrinishini qanday sozlash mumkin?

Analyse markets with AI-powered insights

Explore TradersView
WhatsApp