Asosiy kontentga oʻtish
Dars
2
Deriv MT5 | Oʻrta daraja

Deriv MT5 platformasida grafiklarni puxta oʻzlashtirish

Davomiyligi
3
daqiqa

Deriv MT5 platformasida grafiklarni puxta oʻzlashtirish

Grafiklar Deriv MT5 platformasidan foydalanadigan treyderlar uchun muhim asboblardir, chunki ular narx harakatlarini vaqt oʻtishi bilan koʻrish imkonini beradi. Ushbu dars videodagi maʼlumotlarni toʻldiradi: unda Deriv MT5da mavjud boʻlgan turli grafik turlari, vaqt oraligʻlari va moslash imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Grafiklardan samarali foydalanishni bilish texnik tahlilingiz va umumiy savdo natijalaringizni yaxshilaydi. Deriv MT5 platformasi
‍

Deriv MT5dagi grafik turlari

Deriv MT5 turli tahlil uslublariga mos keladigan uchta asosiy grafik turini taklif etadi:

  1. Chiziqli grafiklar: Eng oddiy grafik turi boʻlib, maʼlum bir vaqt oraligʻidagi yopilish narxlarini uzluksiz chiziq bilan tutashtiradi. Ular umumiy tendensiyani aniq koʻrsatadi va narx harakatlarini tezda koʻzdan kechirish uchun koʻp ishlatiladi.
    ‍
  2. Bar grafiklari: Bar grafiklari chiziqli grafiklarga qaraganda batafsilroq maʼlumot koʻrsatadi. Har bir bar maʼlum bir vaqt oraligʻi uchun ochilish, eng yuqori, eng past va yopilish narxlarini bildiradi. Barning vertikal chizigʻi narx oraligʻini, gorizontal belgilar esa ochilish va yopilish narxlarini koʻrsatadi. Bunday tasvirlash bozor oʻzgaruvchanligi va narx harakatlari haqida tushuncha beradi.
    ‍
  3. Shamli grafiklar: Shamli grafiklar narx maʼlumotlarini koʻrgazmali tarzda taqdim etadi: ular bar grafiklaridagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, lekin vizual jihatdan boyroq. Har bir sham ochilish va yopilish narxlarini koʻrsatadigan tanadan hamda eng yuqori va eng past narxlarni koʻrsatadigan soyalardan iborat. Shamlarning rangi shu vaqt oraligʻida bozor yuqoriga yoki pastga harakatlanganini bildiradi. Bu grafik turi bozor impulsi va burilishlarini yaxshi koʻrsatgani uchun ayniqsa ommabop.
Line chart showing EUR/USD M1 price movement on Deriv MT5 platform
Chiziqli grafik
Bar chart displaying EUR/USD M1 open-high-low-close bars on Deriv MT5
Bar grafigi
Shamli grafik
‍

Vaqt oraligʻlari: muhim savdo asbobi

Grafiklaringiz uchun tanlangan vaqt oraligʻi juda muhim, chunki u narx harakatlari qaysi davr uchun koʻrsatilishini belgilaydi. Deriv MT5 bir daqiqadan (M1) bir oygacha (MN) boʻlgan 21 ta turli vaqt oraligʻini taklif etadi.

Vaqt oraligʻini tanlash asosan savdo uslubingizga bogʻliq:

  • Qisqa muddatli savdo (skalping va kunlik savdo): Skalperlar va kunlik treyderlar kabi qisqa muddatli narx harakatlariga eʼtibor qaratadigan treyderlar kichik narx oʻzgarishlaridan tezkor foyda olish uchun pastroq vaqt oraligʻlaridan (M1 dan M15 gacha) foydalanishi mumkin.
    ‍
  • Sving savdo: Oʻrta muddatli yondashuvni tanlagan treyderlar tendensiyalar va narx harakatlarini uzoqroq davrda tahlil qilish uchun M30, H1 yoki H4 kabi vaqt oraligʻlarini afzal koʻrishi mumkin.
    ‍
  • Uzoq muddatli pozitsiyalar bilan savdo qiladigan treyderlar umumiy bozor tendensiyalarini aniqlash va muhim narx darajalarini tahlil qilish uchun odatda kunlik (D1) yoki haftalik (W1) grafiklardan foydalanadi.

Deriv MT5da vaqt oraligʻlari oʻrtasida almashish oson. Treyderlar asboblar panelidan, “Charts” menyusidan foydalanishi yoki oddiygina grafik ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, kerakli vaqt oraligʻini tanlashi mumkin.

Grafiklaringizni moslash

Deriv MT5da grafiklaringizni moslash grafiklarning koʻrinishi va funksiyalarini savdo afzalliklaringizga yaxshiroq mos keladigan qilib sozlash imkonini beradi:

  • Grafik xususiyatlari: Grafik ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va “Properties” ni tanlang yoki turli sozlamalarni oʻzgartirish mumkin boʻlgan menyuni ochish uchun F8 tugmasini bosing. “Common” yorligʻida chiziqli, bar yoki shamli grafikni tanlashingiz, real vaqtdagi yangilanishlar uchun “Chart Shift” ni yoqishingiz va aniq masshtablash parametrlarini qoʻllashingiz mumkin.
    ‍
  • Koʻrsatish parametrlari: “Show” yorligʻida grafiklaringizda qanday maʼlumotlar koʻrsatilishini moslashingiz mumkin, jumladan savdo belgisi nomi, vaqt oraligʻi, OHLC chiziqlari hamda Bid va Ask chiziqlarining koʻrinishi.
    ‍
  • Rang sxemalari: “Colors” yorligʻida grafikning turli elementlari uchun oʻzingizga yoqqan ranglar uygʻunligini tanlashingiz mumkin. Yorqin shamli qoʻyuq fonni yoki ochiq mavzularni afzal koʻrishingizdan qatʼi nazar, rang sxemalarini moslash imkoniyati grafikning oʻqilishini yaxshilaydi.

Bundan tashqari, bir nechta grafikni savdo ehtiyojlaringizga qarab joylashtirishingiz mumkin. Qulay koʻrish uchun oʻzingizga maʼqul joylashuv turini tanlash maqsadida “Windows” menyusidan foydalaning.
‍

Xulosa: grafiklardan samarali foydalanib savdongizni yuqori bosqichga olib chiqing

Deriv MT5da grafiklardan foydalanishni puxta oʻzlashtirish savdo qobiliyatlaringizni oshirish uchun muhim. Turli grafik turlarini tushunib, mos vaqt oraligʻlaridan foydalanib va koʻrinishlarni moslab, texnik tahlilingizni sezilarli darajada yaxshilashingiz mumkin. Savdo yoʻlingizda oldinga borar ekansiz, grafik bilan ishlash koʻnikmalaringizni takomillashtirishda davom eting va oʻrganganlaringizni asosli savdo qarorlarini qabul qilishda qoʻllang.

Quiz

Deriv MT5 platformasida qaysi turdagi grafik yopilish narxlarini vaqt davomida uzluksiz chiziq bilan bogʻlaydi?

Savdoda turli vaqt oraliqlaridan foydalanishning maqsadi nima?

Treyderlar oʻz grafiklarini Deriv MT5 platformasida qanday sozlashi mumkin?

Analyse markets with AI-powered insights

Explore TradersView
WhatsApp