Deriv MT5 bilan savdoni boshlang: Asboblar paneli, 1-qism
Deriv MT5 kursimizga qaytganingizdan xursandmiz! Ushbu darsda biz Deriv MT5 asboblar panelini koʻrib chiqamiz. Bu savdo faoliyatingizni samarali boshqarish, kuzatish va tahlil qilishga yordam beradigan qulay imkoniyatdir. Sizga mavjud asboblarni tushunish savdo tajribangizni boyitadi va qaror qabul qilishingizni osonlashtiradi.
Asboblar paneliga umumiy nazar
Deriv MT5 dagi asboblar paneli Deriv MT5 platformasida savdo qiladigan treyderlar uchun muhim hisoblanadi. U asosli savdo qarorlarini qabul qilishda yordam beradigan turli asboblar va maʼlumotlarni taqdim etadi. Panelning har bir yorligʻi alohida vazifani bajaradi va oʻziga xos imkoniyatlarga ega.
Savdo yorligʻi
Keling, Savdo yorligʻidan boshlaymiz. Bu muhim boʻlim savdo pozitsiyalaringiz haqidagi asosiy maʼlumotlarni, jumladan ochiq savdolar, kutilayotgan buyurtmalar va hisob maʼlumotlarini koʻrsatadi, masalan:
- Simvol: Ochiq savdongiz yoki kutilayotgan buyurtmangiz uchun savdo instrumentini bildiradi.
- Tiket: Har bir buyurtma yoki pozitsiya uchun noyob identifikator.
- Vaqt: Pozitsiya qachon ochilganini yoki kutilayotgan buyurtma qachon joylashtirilganini koʻrsatadi.
- Turi: Buyurtma Buy, Sell, Buy Stop, Sell Stop yoki boshqa turdaligini koʻrsatadi.
- Hajm: Savdongiz hajmini lot yoki birlikda bildiradi.
- Narx: Savdongiz ochilgan joriy narxni yoki kutilayotgan buyurtmalar uchun maqsadli narxni bildiradi.
- Stop Loss (S/L): Agar belgilangan boʻlsa, Stop Loss darajangizni koʻrsatadi; belgilanmagan boʻlsa, boʻsh qoladi.
- Foyda olsih (T/P): Agar belgilagan boʻlsangiz, foyda olish darajasini koʻrsatadi; aks holda bu maydon ham boʻsh qoladi.
- Joriy narx: Instrumentingizning bozordagi hozirgi narxini aks ettiradi.
- Qiymat: Joriy narxlar va kontrakt hajmi asosida hisoblangan pozitsiyangizning bozor qiymatini bildiradi.
- Swap: Pozitsiyani tunda ushlab turish uchun qoʻllanishi mumkin boʻlgan moliyalashtirish toʻlovini bildiradi.
- Foyda: Ochiq pozitsiyangiz boʻyicha oʻzgaruvchan foyda yoki zararni koʻrsatadi.
- Oʻzgarish: Pozitsiya ochilganidan beri aktiv qiymatining foizdagi oʻzgarishini aks ettiradi.
- Izoh: Buyurtmangizga qoʻshish mumkin boʻlgan ixtiyoriy yozuv, 31 ta belgigacha cheklangan.
Pozitsiyalarni oʻzgartirish va mablagʻ kiritish
Savdo yorligʻida buyurtma ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, “Oʻzgartirish yoki oʻchirish” ni tanlash orqali pozitsiyalar yoki kutilayotgan buyurtmalarni bevosita oʻzgartirishingiz yoki yopishingiz mumkin. Shuningdek, buyurtmani ikki marta bosish oʻzgartirishlar kiritish uchun buyurtma tafsilotlari oynasini ochadi. Pozitsiyani bir bosishda yopish uchun buyurtma qatorining eng oʻng chetidagi “X” tugmasini bosing.
Bundan tashqari, Deriv MT5 savdo hisobingizga mablagʻni bevosita Savdo yorligʻidan kiritish imkoniyati ham mavjud. Hisob maʼlumotlari qatorining eng oʻng chetidagi “+” tugmasini bosib, Deriv Cashier boʻlimini oching. U yerda oʻzingizga qulay toʻlov usuli bilan xavfsiz tarzda mablagʻ kiritishingiz mumkin.
Savdo yorligʻida koʻrsatiladigan maʼlumotlarni sozlash orqali savdo tajribangizni yaxshilashingiz mumkin. Istalgan ustun sarlavhasi ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, “Ustunlar” menyusiga kirishingiz va savdo strategiyangiz uchun eng muhim maʼlumotlarga qarab ustunlarni qoʻshishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin.
Xulosa
Deriv MT5 asboblar paneli boʻyicha darsimizning ushbu birinchi qismida biz Savdo yorligʻi va savdo faoliyatingizni boshqarishga yordam beradigan uning turli imkoniyatlarini koʻrib chiqdik. Ushbu asbobni tushunish samarali savdo qilish va bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhim.
Keyingi darsni kuting, unda Deriv MT5 asboblar panelining boshqa imkoniyatlarini chuqurroq oʻrganamiz! Muvaffaqiyatli savdo tilaymiz!
Quiz
Savdo yorligʻi qanday maʼlumotlarni koʻrsatadi?
Savdo yorligʻida ochiq pozitsiyani qanday oʻzgartirish yoki yopish mumkin?
Savdo yorligʻidagi “+” tugmasining vazifasi nima?


