Asosiy kontentga oʻtish
Dars
8
Deriv MT5 | Boshlangʻich

Deriv MT5 bilan savdoni boshlang: Asboblar qutisiga umumiy nazar

Davomiyligi
3
daqiqa

Deriv MT5 asboblar qutisi o‘z savdo faoliyatini samarali boshqarmoqchi boʻlgan treyderlar uchun muhim komponent hisoblanadi. Ushbu dars videoni toʻldirib, asboblar qutisining imkoniyatlari, ularning vazifalari hamda savdo strategiyalaringizni yaxshilash uchun ulardan qanday foydalanish boʻyicha batafsil umumiy maʼlumot beradi. Ushbu asboblarda qanday yoʻl topish va ulardan qanday foydalanishni tushunish sizga savdo boʻyicha yanada asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
‍

Savdo yorligʻi: pozitsiyalaringizni kuzatish

Savdo yorligʻi MT5 platformasidan foydalanadigan treyderlar uchun birinchi boʻlim hisoblanadi. U joriy ochiq pozitsiyalaringiz, kutilayotgan buyurtmalar va umumiy hisob koʻrsatkichlari haqidagi muhim maʼlumotlarni koʻrsatadi, jumladan:

  • Simvol: Siz hozir savdo qilayotgan savdo instrumenti.
    ‍
  • Tiket: Har bir pozitsiya yoki kutilayotgan buyurtma uchun noyob identifikator.
    ‍
  • Vaqt: Pozitsiya ochilgan yoki buyurtma joylashtirilgan vaqt.
    ‍
  • Turi: Buyurtmaning turi (masalan, Buy, Sell, Buy Limit va boshqalar).
    ‍
  • Hajm: Lotlar yoki birliklarda oʻlchangan savdoning umumiy hajmi.
    ‍
  • Narx: Savdongizning kirish narxi yoki kutilayotgan buyurtma uchun istalgan kirish narxi.
    ‍
  • Stop Loss (S/L) va Foyda olsih (T/P): Zararni kamaytirish yoki foydani mustahkamlash uchun savdolardan avtomatik chiqishning belgilangan darajalari.
    ‍
  • Joriy narx: Siz tanlagan aktivning eng soʻnggi bozor narxi.
    ‍
  • Qiymat: Pozitsiyangizning joriy narx va kontrakt hajmi asosida hisoblangan joriy bozor qiymati.
    ‍

Savdo yorligʻidagi turli koʻrsatkichlar bilan tanishib chiqish savdo natijalaringizni kuzatib borishga yordam beradi va oʻz vaqtida qaror qabul qilish imkonini beradi.
‍

Deriv MT5 interface showing EUR/USD charts across multiple timeframes with MACD and Stochastic indicators

Ekspozitsiya yorligʻini tushunish

Ekspozitsiya yorligʻi barcha ochiq pozitsiyalar boʻyicha umumiy aktivlar ekspozitsiyasining batafsil xulosasini beradi. Bu yerda quyidagilarni kuzatishingiz mumkin:

  • Aktivlar: Siz savdo qilayotgan valyutalar yoki instrumentlarning nomlari.
    ‍
  • Hajm: Leverageni hisobga olgan holda ochiq pozitsiyalaringizning umumiy hajmi.
    ‍
  • Kurs: Har bir savdo instrumenti uchun hisobingizning asosiy valyutasida ifodalangan joriy ayirboshlash kursi.
    ‍
  • Koʻrgazmali grafik: Turli aktivlar boʻyicha ekspozitsiyangizning vizual tasviri, u long va short pozitsiyalarni tezda aniqlashga yordam beradi.
    ‍

Ekspozitsiyangizni kuzatib borish zarur oʻzgartirishlarni kiritish va bir nechta savdo boʻyicha xavfni samarali boshqarish imkonini beradi.
‍

Tarix va Jurnal: natijalaringizni kuzatish

Tarix yorligʻi oldingi savdo faoliyatingizni koʻrib chiqish uchun eng qulay joy hisoblanadi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Yopilgan pozitsiyalar: Natijalaringizni tahlil qilish imkonini beruvchi barcha yakunlangan savdolar yozuvi.
    ‍
  • Bekor qilingan buyurtmalar: Bajarilmagan buyurtmalar haqida maʼlumot.
    ‍
  • Mablagʻ kiritish va pul yechish operatsiyalari: Mavjud savdo kapitaliga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan hisobdagi har qanday harakatlarning xulosasi.
    ‍

Bundan tashqari, Jurnal yorligʻi MT5 platformasida bajarilgan har bir harakatning, jumladan, tizim xabarlari, xatolar va savdolaringizga oid ogohlantirishlarning jurnalini taqdim etadi. Bu yozuv nosozliklarni bartaraf etish va savdo strategiyalaringizni takomillashtirish uchun muhim, chunki u natijalaringizni vaqt davomida kuzatib borishga yordam beradi.
‍

Pochta qutisi: muhim bildirishnomalar markazi

Pochta qutisi yorligʻida Deriv jamoasi yuborgan muhim xabarlar va bildirishnomalar, jumladan bozor eʼlonlari va yangilanishlar mavjud. Pochta qutingizni muntazam tekshirib turish savdo muhitingizga taʼsir qiluvchi har qanday oʻzgarishlar yoki tegishli yangiliklardan xabardor boʻlishingizni taʼminlaydi va strategiyangizni shunga mos ravishda moslashtirishga yordam beradi.
‍

Yangiliklar, Taqvim va Maqolalar: xabardor boʻlib turish

Yangiliklar yorligʻi dolzarb moliyaviy yangiliklar va bozor yangilanishlarini yetkazib beradi, bu esa savdo qarorlaringizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan iqtisodiy oʻzgarishlar va voqealardan xabardor boʻlishingizga yordam beradi. Bozor yangiliklaridan doimo xabardor boʻlish kirish va chiqish strategiyalarini yaxshilashga yordam beradi.

Taqvim yorligʻi kutilayotgan voqealar, jumladan muhim maʼlumotlar eʼlonlari roʻyxatini oʻz ichiga olgan keng qamrovli Iqtisodiy taqvimni taqdim etadi. Har bir voqea sanasi, vaqti, mamlakati va bozorga kutilayotgan taʼsirini koʻrsatadi va fundamental tahlil uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi. Filtr imkoniyatlari koʻrsatiladigan voqealarni savdo strategiyangizga mos ustuvorliklar asosida sozlash imkonini beradi.

Shuningdek, Maqolalar yorligʻida MQL5 hamjamiyatining oʻquv maqolalari va qoʻllanmalarining boy toʻplami mavjud. Mavzular savdo strategiyalari, tizimlar, expert advisorlar va statistikani qamrab oladi. Maqolani veb-brauzeringizda ochish va bilimingizni kengaytirish uchun ustiga ikki marta bosing.
‍

Ogohlantirishlar: bildirishnomalarni sozlash

Ogohlantirishlar yorligʻi turli savdo shartlari yoki bozor voqealari uchun bildirishnomalar yaratish imkonini beradi. Bu funksiya savdo strategiyangizga tegishli muhim bozor harakatlari va shartlaridan doimo xabardor boʻlishingizni taʼminlaydi.

Ogohlantirishni sozlash uchun Ogohlantirishlar yorligʻi ichida sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va “Create” variantini tanlang. Quyida sozlashingiz mumkin boʻlgan asosiy parametrlar keltirilgan:

  • Yoqish/Oʻchirish: Ogohlantirishni faollashtirish yoki faolsizlantirish.
    ‍
  • Harakat: Bildirishnoma qanday yetkazilishini tanlang: ovoz, kompyuter bildirishnomasi yoki elektron pochta orqali.
    ‍
  • Shart: Ogohlantirishni ishga tushiradigan mezonlarni belgilang (masalan, narx shartlari, hajm oʻzgarishlari).
    ‍
  • Qiymat: Ogohlantirish uchun aniq narx yoki hajm darajalarini belgilang.
    ‍

Ogohlantirishlardan foydalanish savdoda faol boʻlib qolishingizga yordam beradi va platformani faol kuzatmayotgan paytingizda ham muhim bozor harakatlarini qoldirmasligingizni taʼminlaydi.
‍

Experts va Code Base: avtomatlashtirish orqali savdoni yaxshilash

Code Base yorligʻida bepul yuklab olish mumkin boʻlgan Expert Advisorlar (EAlar), indikatorlar va skriptlar tanlovi mavjud. Ushbu asboblardan foydalanish ayrim vazifalarni avtomatlashtirish orqali savdo strategiyangizni sezilarli darajada yaxshilashi va tahlil hamda strategiyaga eʼtibor qaratishingizga imkon berishi mumkin.

  • Koʻrish: Mahsulot tafsilotlari, funksionalligi va sozlamalari bilan veb-sahifani ochadi.
    ‍
  • Yuklab olish: Deriv MT5 platformangizga bevosita oʻrnatish imkonini beradi, bu EAlar va indikatorlarga kirishni osonlashtiradi.
    ‍
  • Oʻz dasturingizga buyurtma bering: Sizga kerak boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday maxsus savdo asboblari boʻyicha individual dasturlash soʻrovlari uchun MQL5 Freelance xizmatiga yoʻnaltiradi.
    ‍

Experts yorligʻi Expert Advisors uchun jurnal vazifasini bajaradi: unda barcha bajarilgan harakatlar, jumladan yuzaga kelgan xatolar ham qayd etiladi. Bu jurnal avtomatlashtirilgan savdo tizimlaringiz samaradorligini tahlil qilish va optimallashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.
‍

Xulosa: MT5 Toolbox oynasida yoʻnalish topish

Deriv MT5 Toolbox oynasini puxta oʻzlashtirish muvaffaqiyatli savdo uchun muhimdir. Savdo, Ekspozitsiya, Tarix, Jurnal, Yangiliklar, Taqvim, Maqolalar hamda Experts va Code Base yorliqlaridan samarali foydalanishni bilish savdo tajribangizni yaxshilashga va yanada toʻgʻri qaror qabul qilishga yordam beradi. Savdo yoʻlingizda oldinga siljigan sari bu asboblar bilan tanishib borish savdo faoliyatingizni yanada samarali va muvaffaqiyatli qiladi.

‍

Quiz

Savdo yorligʻi qanday asosiy maʼlumotlarni taqdim etadi?

Jurnal yorligʻi MT5 platformasida treyderlarga qanday yordam beradi?

Calendar yorligʻi qanday maqsadga xizmat qiladi?

Analyse markets with AI-powered insights

Explore TradersView
WhatsApp