
Tovarlar savdosi faqat yirik institutlar yoki moliya gurularigagina tegishli emas. U savdo strategiyasini diversifikatsiya qilmoqchi boʻlgan har bir kishi uchun. Metallar, energiya yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻladimi, tovarlar xavflarni muvozanatlashga va yangi imkoniyatlarni ochishga yordam beradigan noyob afzalliklarni taklif etadi.
Keling, ular nega sizning portfelingizdan joy olishga loyiq ekanini koʻrib chiqamiz.
Tovarlar savdo strategiyangizni qanday kuchaytirishi mumkin
Portfelingiz uchun tabiiy himoya
Aksiyalar goh koʻtariladi, goh tushadi, tovarlar-chi? Ular oʻz yoʻlidan boradi. Tovarlar har doim ham aksiyalar yoki valyutalar bilan bir xil tendensiyaga amal qilmagani uchun, boshqa bozorlar pasayganda portfelingizni himoya qilishga yordam beradi. Masalan, aksiyalar narxi tushib ketganda oltin kabi qimmatbaho metallar koʻpincha yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Portfel muvozanati aynan shunday ishlaydi!
Inflyatsiyaning eng katta dushmani
Pulingiz avvalgidek yetmayotganini sezganmisiz? Bu inflyatsiyaning taʼsiri. Neft va metallar kabi xomashyo talab oshgani sari qimmatlashgani uchun tovarlar inflyatsiya taʼsirini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Buni shunday tasavvur qiling: kundalik narxlar oshganda, shu mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar narxi ham oshadi, bu esa yangi savdo imkoniyatlarini yaratishi mumkin.
Bozor beqarorligi davrida himoya aktivi
Baʼzi aktivlar vaqt oʻtishi bilan qadrsizlanadi, ammo oltin va kumush kabi tovarlar-chi? Ularning bardoshliligi katta. Qimmatbaho metallar iqtisodiyot qiyin davrni boshdan kechirganda ham qadrini saqlab qolishga moyil boʻlgani uchun “xavfsiz boshpana” deb hisoblanadi. Shuning uchun moliyaviy bozorlar beqaror boʻlganda, koʻplab treyderlar qiymatni saqlash vositasi sifatida oltinga yuz buradi. Bu xuddi moliyaviy xavfsizlik himoyasiga oʻxshaydi.
Tovarlar va valyutalar oʻrtasidagi bogʻliqlik
Tovarlar bozorlarga taʼsir qilish bilan cheklanmaydi. Ular valyutalarga ham taʼsir qiladi. Mana, tovarlar narxi bilan yaqin bogʻliq boʻlgan uchta valyuta juftligi:
USD/CAD (AQSH dollari/Kanada dollari)
Kanada dunyodagi eng yirik neft eksportchilaridan biri, shuning uchun uning valyutasi koʻpincha neft narxlariga hamohang harakatlanadi. Neft narxi oshganda Kanada dollari (CAD) AQSH dollariga (USD) nisbatan mustahkamlanishga moyil boʻladi.
Savdo maslahati: Neft narxi tendensiyalarini kuzatib boring. Agar neft narxi keskin oshgan, lekin CAD hali oʻzgarmagan boʻlsa, u sakrashga tayyorlanayotgan boʻlishi mumkin.
AUD/USD (Avstraliya dollari/AQSH dollari)
Avstraliya juda koʻp oltin eksport qiladi, shu sababli uning valyutasi oltin narxlari bilan yaqin bogʻliq. Bundan tashqari, Xitoy Avstraliyaning eng yirik savdo hamkorlaridan biri boʻlgani uchun Xitoyning xomashyoga boʻlgan talabi Avstraliya dollariga (AUD) ham taʼsir qilishi mumkin.
Savdo maslahati: Oltin narxlari va Xitoy iqtisodiyoti haqidagi yangiliklarni kuzatib boring. Agar Xitoyning resurslarga talabi oshsa, AUD ham unga ergashishi mumkin.
NZD/USD (Yangi Zelandiya dollari/AQSH dollari)
Yangi Zelandiya sut mahsulotlarining yetakchi eksportchisi boʻlib, uning valyutasi koʻpincha sut, goʻsht va jun narxlariga qarab oʻzgaradi. Avstraliya uning eng yirik savdo hamkorlaridan biri boʻlgani uchun Yangi Zelandiya dollari (NZD) ham Avstraliya dollari bilan kuchli bogʻliqlikka ega.
Savdo maslahati: AUD/USD va NZD/USD juftliklaridagi tendensiyalarni solishtiring. Agar biri keskin harakatlansa, navbat boshqasiga kelishi mumkin.
Quiz
Qaysi tovar AUDga eng koʻp taʼsir qiladi?


