
Aksiya indikatorlarini tushunish
Savdo uchun “yashirin kod”ga ega boʻlishni xohlagan boʻlsangiz kerak? Unda RSI (Relative Strength Index) va SMA (Simple Moving Averages) aynan siz izlagan vosita boʻlishi mumkin! Bu mashhur texnik indikatorlar savdoga qachon kirish texnik indikatorlar va qachon chiqish kerakligini aniqlashga yordam beradi. Keling, batafsil koʻrib chiqamiz.
RSI nima va u qanday ishlaydi?
RSI aksiya haddan tashqari sotib olingan yoki haddan tashqari sotilganini aniqlashga yordam beradi, bu esa narxning yaqin orada teskari yoʻnalishga oʻzgarishini koʻrsatishi mumkin. U 0 dan 100 gacha boʻlgan shkala boʻyicha ishlaydi:
- 70 dan yuqori boʻlsa? Aksiya haddan tashqari sotib olingan boʻlishi va narxi pasayishi mumkin.
- 30 dan past boʻlsa? Aksiya past baholangan boʻlishi va narxi qayta koʻtarilishi mumkin.
- Standart sozlama: 14 kunlik RSI, lekin uni oʻz strategiyangizga qarab oʻzgartirishingiz mumkin.
SMA haqida-chi?
SMAlar narx harakatini tekislab, umumiy tendensiyani koʻrishga yordam beradi. Eng keng tarqalgan ikkita SMA:
- 50 kunlik SMA: qisqa muddatli tendensiya indikatori
- 200 kunlik SMA: uzoq muddatli tendensiya indikatori
SMA kesishuvi usuli
Golden cross va death cross haqida eshitganmisiz? Ular quyidagi holatlarda yuzaga keladi:
- Golden cross: 50 kunlik SMA 200 kunlik SMAdan yuqoriga oʻtadi → Bullish signal
- Death cross: 50 kunlik SMA 200 kunlik SMAdan pastga oʻtadi → Bearish signal
Nega RSI va SMAni birga ishlatish kerak?
RSI va SMA tendensiyalar hamda teskari burilishlarni aniqlashda bir-birini yaxshi toʻldiradi. Ularning har biri alohida ham foydali, lekin birga ishlatilganda ancha aniq manzara beradi.
- RSI aksiya narxi oshirib yuborilganmi yoki arzonmi, shuni koʻrsatadi.
- SMA kesishuvlari tendensiya qaysi tomonga ketayotganini koʻrsatadi.
Masalan, RSI 30 dan past (haddan tashqari sotilgan) boʻlsa va 50 kunlik SMA 200 kunlik SMAni yuqoriga kesib oʻtsa, bu kuchli sotib olish signalidir!

RSI va SMA strategiyalari qachon eng yaxshi natija beradi
Daromad hisobotlari mavsumi
Kompaniyalarning daromad hisobotlari narxlarda keskin tebranishlarga sabab boʻlishi mumkin. RSI va SMA keraksiz shovqinni filtrlashga yordam beradi:
- RSI daromad hisoboti sabab boʻlgan harakatdan keyin aksiya haddan tashqari sotib olinganmi yoki sotilganmi, shuni koʻrsatadi.
- SMA kesishuvlari bu harakat kattaroq tendensiyaning bir qismi yoki shunchaki qisqa muddatli shov-shuv ekanini tasdiqlaydi.
Bozor tuzatishlari
Bozor keskin tushganda RSI haddan tashqari sotilgan aksiyalarni koʻrsatishi mumkin, SMAlar esa sotib olish vaqti kelgani yoki pasayish tendensiyasi davom etishini tasdiqlaydi.
RSI va SMA asosida savdoni sozlash
Bullish stsenariy (sotib olish imkoniyati)
- RSI 30 ga yaqinlashadi (haddan tashqari sotilgan)
- 50 kunlik SMA 200 kunlik SMAni yuqoriga kesib oʻtadi (golden cross)
Bearish stsenariy (sotish imkoniyati)
- RSI 70 ga yaqinlashadi (haddan tashqari sotib olingan)
- 50 kunlik SMA 200 kunlik SMAni pastga kesib oʻtadi (death cross)
RSI va SMA kesishuvi misoli: Amazon (AMZN)
Amazon aksiyasi grafigiga qarab, faraz qilaylik:
- 50 kunlik SMA 200 kunlik SMAni yuqoriga kesib oʻtadi → Yuqoriga yoʻnalgan tendensiya tasdiqlanadi
- RSI 30 ga yaqin → Haddan tashqari sotilgan darajalardan teskari burilish ehtimoli
Bu signallar birgalikda sotib olish imkoniyatini koʻrsatadi.
RSI va SMA savdosida xavfni boshqarish
Stop Loss darajasini belgilash
- Daromad hisobotlari davridagi tebranishlar? Kengroq Stop Loss ishlating (kirish narxidan 2–3% pastda).
- Oddiy bozor sharoitida? Uni torroq qiling (kirish narxidan 1–1,5% pastda).
- Samaraliroq Stop Loss darajalarini belgilash uchun aksiyaning Average True Range (ATR) koʻrsatkichini inobatga oling.
Foyda maqsadlari
- Qisqa muddatli savdolar: RSI 70 ga yaqinlashganda yoki SMA kesishuvi zaiflashganda foydani qayd eting.
- Uzoq muddatli savdolar: 50 kunlik SMA 200 kunlik SMAdan yuqorida turgan ekan, pozitsiyani ushlab turing, RSI haddan tashqari darajalarga yetganda esa bosqichma-bosqich soting.
Savdo boʻyicha asosiy maslahatlar
Savdoga kirishdan oldin quyidagilarni inobatga oling:
- Bir nechta vaqt oraligʻi (tendensiyalar uchun kunlik grafiklar, aniq kirish nuqtalari uchun soatlik grafiklar)
- Bozor sharoitlari (umumiy bozor yoʻnalishi, sektor tendensiyalari, aksiyaga oid yangiliklar)
- Daromad hisoboti sanalari (kutilmagan holatlardan qochish uchun)
- Aksiya likvidligi (hajm qanchalik yuqori boʻlsa, savdolar shunchalik silliq kechadi)
RSI va SMA strategiyalarini bugunoq sinab koʻring savdo strategiyalari
Bu indikatorlar kuchli vosita, lekin keng qamrovli strategiyaning bir qismi sifatida eng yaxshi ishlaydi. RSI va SMA strategiyalarini bepul Deriv demo hisobida mashq qiling. Haqiqiy pul bilan savdo qilishdan oldin koʻnikmalaringizni takomillashtirishning ajoyib usuli.
Quiz
Oʻsish tendensiyasini nima tasdiqlaydi?


