
COVID-19 pandemiyasi davrida chakana treyderlar aksiyalar savdosi uslubini oʻzgartirdi. Koʻplab treyderlar boshqalarning harakatlariga taqlid qila boshladi, bu xatti-harakat poda ruhiyati (herd mentality) deb ataladi. Copy Treyding aynan shu yerda rol oʻynashi mumkin.
Copy Treyding qanday ishlaydi?
Copy Treyding yangi boshlovchi yoki tajribali treyderlar boʻlishidan qatʼi nazar, muvaffaqiyatli treyderlarning savdolarini takrorlash imkonini beradi. Gʻoya oddiy: ular foyda koʻrsa, siz ham foyda koʻrishingiz mumkin. Biroq barcha savdo strategiyalari kabi, Copy Treyding ham oʻz afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Copy Treydingning afzalliklari va kamchiliklari
Ishni osonlashtirish uchun qisqacha taqqoslash:
| Afzalliklari | Kamchiliklari |
|---|---|
| Oʻrganish imkoniyati - Yangi boshlovchilar tajribali treyderlarni kuzatib, ulardan oʻrganishi mumkin. | Yoʻqotish xavfi - Agar siz nusxa olayotgan treyder notoʻgʻri qaror qabul qilsa, pulingizni yoʻqotishingiz mumkin. |
| Portfelni diversifikatsiya qilish - Bir nechta treyderdan nusxa olish xavfni turli aktivlar va strategiyalar boʻylab taqsimlaydi. | Tashqi bogʻliqlik - Boshqalarga tayanish mustaqil savdo koʻnikmalarini rivojlantirishingizni sekinlashtirishi mumkin. |
| Qulaylik - Savdolar avtomatik bajariladi, bu esa vaqtingizni tejaydi. | Hajm bilan bogʻliq toʻlovlar - Baʼzi strategiya provayderlari samaradorlik va boshqaruv uchun komissiya toʻlovlarini oladi, bu umumiy daromadingizga taʼsir qilishi mumkin. |
| Passiv daromad olish imkoniyati - Strategiya provayderlari odamlar ulardan nusxa olganda komissiya oladi. | Bozor o‘zgaruvchanligi - Bashorat qilib boʻlmaydigan bozor harakatlari hatto eng yaxshi treyderlarga ham taʼsir qilishi mumkin. |
Copy Treydingdan oldin eʼtiborga olinadigan jihatlar: xavfni boshqarish strategiyalari
Agar Copy Treyding haqida oʻylayotgan boʻlsangiz, xavfga chidamliligingizni, savdo maqsadlaringizni va savdo bilimlaringizni inobatga olishingiz muhim. Masʼuliyat bilan boshlash uchun quyidagilarga amal qiling:
- Nusxa olishdan oldin treyderlarni oʻrganing. Ularning oldingi natijalariga, xavfni boshqarish uslubiga va savdo strategiyalariga eʼtibor bering.
- Kichikdan boshlang. Barcha mablagʻni birdan sarflamang. Haqiqiy savdoga oʻtishdan oldin ishonchingizni oshirish uchun demo hisobda mashq qiling.
- Diversifikatsiya qiling. Bir nechta treyderdan nusxa olish xavf va potensial daromadni muvozanatlashga yordam beradi.
- Uzoq muddatli yaxshiroq qarorlar qabul qilish uchun bozor tendensiyalaridan xabardor boʻlib turing.
Copy Treydingni xavfsiz sinab koʻrmoqchimisiz? Deriv Trader demo hisob oching va USD 10 000 virtual mablagʻ bilan mashq qiling!
Quiz
Quyidagilardan qaysi biri Copy Treyding afzalliklariga kirmaydi?


