
Farq uchun shartnomalar (CFDlar) bilan savdo qilishni oylayapsizmi, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Keling, CFDlar bilan tez savdo qilish uchun eng koʻp tanlanadigan platforma — Deriv MT5 haqida gaplashamiz. Yangi boshlovchimisiz yoki tajribali treyder — Deriv MT5 platformasida asosli savdo qilish uchun kerakli hamma narsa bor.
Umuman olganda, CFD savdosi nima?
CFDlar bilan siz oltin yoki aksiyalar kabi aktivga egalik qilmaysiz. Buning oʻrniga uning narxi oshishi yoki tushishini bashorat qilasiz. Toʻgʻri taxmin qilsangiz, foyda olasiz. Aks holda, zarar koʻrishingiz mumkin. Oddiy, shunday emasmi? Deriv MT5 platformasi CFD savdosini oson va qulay qiladi.
Nega Deriv MT5 platformasida savdo qilish kerak?
Deriv MT5 hayotingizni yengillashtirish uchun yaratilgan oddiy savdo platformalaridan biri emas. Treyderlar uni nima uchun yaxshi koʻrishadi:
- Qulay interfeys: yangi boshlovchi yoki tajribali boʻlishingizdan qatʼiy nazar, hamma narsani topish va ishlatish oson.
- Bozor tahlillari: grafiklar va asboblar tendensiyalarni kuzatish hamda savdo imkoniyatlarini payqashga yordam beradi.
- Keng tanlov: valyutalar, tovarlar, aksiyalar va Derivning noyob Hosil indekslari bilan savdo qiling.
- Moslashtirilgan hisoblar: turli hisob turlari turli savdo uslublari va tajriba darajalariga mos keladi.
Oʻzingizga mos hisobni toping
Deriv MT5 platformasi turli savdo ehtiyojlariga mos bir nechta hisob turini taklif etadi:
- Standard hisob. Raqobatbardosh spreadlar va swap toʻlovlari bilan hamma uchun qulay variant.
- Swap-free hisob. Tungi toʻlovlar yoʻq, uzoq muddatli treyderlar uchun ayni muddao.
- Zero spread hisob. Spreadlar yoʻq, faqat belgilangan komissiya toʻlovlari — aniq va oldindan maʼlum xarajatlar.
- Financial hisob. Tez-tez savdo qiladiganlar uchun eng tor spreadlar.
Deriv MT5 platformasidan qayerda foydalanasiz: kompyuterda, vebda yoki mobil qurilmada?
Qanday savdo qilishni yoqtirishingizdan qatʼiy nazar, Deriv MT5 platformasining uslubingizga mos versiyasi bor:
Desktop terminal. Windows, macOS va Linux uchun toʻliq funksiyali variant.
- Bir vaqtning oʻzida bir nechta grafikni kuzating.
- Tendensiyalarni tahlil qilish uchun texnik indikatorlar va chizma asboblaridan foydalaning.
- Market Watch yordamida aktivlar narxini nazorat qilib boring.
- Expert Advisors yordamida savdoni avtomatlashtiring (EAlar).
Deriv MT5 veb. Yuklab olish shart emas, brauzeringizdan zudlik bilan kirish mumkin.
- Istalgan joydan, istalgan vaqtda savdo qiling.
- Oddiy va tushunarli interfeys.
- Doim eng soʻnggi funksiyalar bilan yangilangan.
Deriv MT5 mobil. Yoʻlda ham ishonch bilan savdo qiling.
- Bozordagi yangiliklarni real vaqtda oling.
- Savdolarni qurilmangizdan zudlik bilan boshqaring.
- Qayerda boʻlsangiz ham aloqada boʻling.
Savdoni boshlashga tayyormisiz?
Deriv MT5 platformasida ishni boshlash oson. Deriv veb-saytiga kiring, sizga eng mos versiyani yuklab oling yoki muammosiz boshlash uchun veb versiyani sinab koʻring. Yangi boshlovchi boʻlsangiz, haqiqiy pul bilan savdo qilishdan oldin demo hisobda mashq qiling.
Koʻproq bilmoqchimisiz? Ishonchingizni oshirish uchun Deriv MT5 bepul kurslarini koʻrib chiqing.
Quiz
Agar eng ilgʻor funksiyalardan foydalanmoqchi boʻlsangiz, qaysi versiyani tanlashingiz kerak?


