
Rejasiz savdo qilish GPSsiz yoʻlga chiqishga oʻxshaydi. Qayergadir yetib borishingiz mumkin, lekin bir necha marta adashmasdan (va balki biroz vahimaga tushmasdan) iloji yoʻq. Puxta savdo rejasi yoʻldan chiqmaslikka, ishonch bilan savdo qilishga va his-tuygʻularga asoslangan shoshilinch qarorlar qabul qilmaslikka yordam beradi.
Savdo rejasi nima va u sizga nega kerak?
Savdo rejasini bozordagi shaxsiy harakat rejangiz deb tasavvur qiling. U nimani savdo qilayotganingizni, qanday savdo qilayotganingizni va eng muhimi, nima uchun savdo qilayotganingizni belgilab beradi. Savdoga endi qadam qoʻyayotgan boʻlsangiz ham, yangi bosqichga chiqmoqchi boʻlsangiz ham, tizimli yondashuv hamma narsani aniq qiladi va oqilona qarorlar qabul qilishingizga yordam beradi.
1-qadam: maqsadlaringizni belgilang (va oʻzingizga nisbatan halol boʻling!)
Boshlashdan oldin oʻzingizdan soʻrang: men nimaga erishmoqchiman? Har oy barqaror daromad olishni, kapitalingizni vaqt oʻtishi bilan oshirishni yoki koʻp xavf qilmasdan tajriba orttirishni xohlaysizmi? “Nima uchun”ligingizni bilish diqqatingizni jamlashga va turmush tarzingizga haqiqatan mos keladigan reja tuzishga yordam beradi.
2-qadam: savdo uslubingizni tanlang
Siz tezkor savdolarning hayajonini yoqtiradigan odammisiz yoki sekinroq, strategik yondashuvni afzal koʻrasizmi? Savdo uslubingiz muhim! Siz quyidagilardan biri boʻlishingiz mumkin:
- Bir kun ichida bir nechta savdo qiladigan kunlik treyder.
- Savdolarni bir necha kun yoki hafta davomida ushlab turadigan swing treyder.
- Uzoq muddatga moʻljallab, katta harakatlardan foydalanadigan pozitsion treyder. Har bir uslub turli xavflar, vaqt talablari va strategiyalarni oʻz ichiga oladi, shuning uchun sizga eng mos keladiganini tanlang.

3-qadam: strategiyangizni belgilang
Endi taktikalar haqida gaplashamiz. Savdoga qachon kirishni va qachon chiqishni qanday hal qilasiz? Eʼtibor berish kerak boʻlgan asosiy jihatlar:
- Texnik tahlil: savdolaringiz vaqtini aniqlash uchun grafiklar, indikatorlar va shakllardan foydalanish.
- Fundamental tahlil: iqtisodiy yangiliklar va voqealarni kuzatib borish.
- Xavfni boshqarish: bitta savdo tufayli butun hisobingizni xavf ostiga qoʻymaslik uchun Stop Loss va Take Profit darajalarini belgilash.

Xavfni boshqarish: sizning himoya toʻringiz
Rost gapiramiz. Savdo faqat pul topish haqida emas, u ishlar rejadagidek ketmaganda koʻp yoʻqotmaslik haqida ham. Kapitalingizni shunday himoya qilishingiz mumkin:
- Stop Loss va Take Profit buyruqlari: his-tuygʻuga berilib qaror qabul qilmaslik uchun chiqish nuqtalarini oldindan belgilang.
- Xavf va daromad nisbati: ehtimoliy foydani maqbul xavf bilan muvozanatlang.
- Pozitsiya hajmi: oqilona savdo qiling. Kapitalingizni bitta savdoda haddan tashqari xavf ostiga qoʻymang.
- Volatillik indikatorlari: Average True Range (ATR) kabi asboblar strategiyangizni bozor sharoitlariga moslashtirishga yordam beradi.
Savdolaringizni professionallardek kuzatib boring
Savdoda yaxshiroq natijalarga erishmoqchimisiz? Savdo kundaligini yuriting. Nimani savdo qilganingizni, nima uchun savdoga kirganingizni va savdo qanday natija berganini yozib boring. Vaqt oʻtishi bilan nima ishlayotgani va nima ishlamayotgani boʻyicha qonuniyatlarni koʻrasiz. Kuzatib boriladigan jihatlar:
- Kirish va chiqish narxlari
- Savdoga nima uchun kirganingiz
- Foyda, zarar va olingan saboqlar
- Bozor sharoitlari
Oʻrganishda va moslashishda davom eting
Savdo rejangiz “bir marta tuzib, unutib qoʻyiladigan” narsa emas. U doimiy takomillashib boradigan jarayon. Savdolaringizni koʻrib chiqing, strategiyangizni sozlang va eng muhimi, haqiqiy savdoga oʻtishdan oldin bepul demo hisobda mashq qiling. Rejangizni qanchalik takomillashtirsangiz, savdolaringizda shunchalik ishonchli boʻlasiz.
Quiz
Quyidagilardan qaysi biri savdo rejasining asosiy qismi EMAS?


