Pozitsiya hajmini aniqlash
Volatility indices savdosiga kirishar ekansiz, pozitsiya hajmini aniqlashni tushunish xavflarni boshqarish strategiyangizning muhim qismiga aylanadi. Pozitsiya hajmi savdo kapitalingizning har bir savdoga qancha qismini ajratishingizni belgilaydi. Bu sizni haddan tashqari zararlardan himoya qiladi va shu bilan birga bozor imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Qancha kapital sarflashingizni ehtiyotkorlik bilan boshqarib, umumiy mablagʻingizni xavf ostiga qoʻymasdan bu indekslarning oʻziga xos oʻzgaruvchanligi bilan ishlay olasiz.
Pozitsiya hajmini aniqlashning ahamiyati
Oʻzgaruvchanlik ham potensial daromadni, ham oʻziga xos xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Pozitsiya hajmi bozordagi ekspozitsiyangizni nazorat qilish orqali bu omillarni muvozanatlashga yordam beradi. Kapitalingizni bir nechta savdo oʻrtasida taqsimlab, zarar keltirgan bitta savdo umumiy hisobingizga sezilarli taʼsir qilish xavfini kamaytirasiz. Masalan, bitta savdoda zarar koʻrsangiz, boshqa savdolardagi qolgan kapitalingiz bozorda ishtirok etishda davom etishingizga imkon beradi va halokatli zararlar ehtimolini kamaytiradi.
Turli Volatility indices instrumentlarini koʻrib chiqayotganda shuni anglash muhimki, Volatility 10 va Volatility 250 indekslarida bir xil pozitsiya hajmi bilan savdo qilish sizni juda turlicha xavf profillariga duchor qiladi. Yuqoriroq oʻzgaruvchanlik nafaqat kattaroq daromad ehtimolini, balki sezilarli zarar ehtimolining ortishini ham bildiradi. Shuning uchun pozitsiya hajmini savdo qilayotgan indeksingizning oʻzgaruvchanligiga qarab moslashtirish istalgan daromadga intilib, qabul qilinadigan xavf chegarasida qolishingizga yordam beradi.
Pozitsiya hajmini aniqlash strategiyalari
Pozitsiya hajmini aniqlashning yagona yondashuvi yoʻq. Biroq shaxsiy savdo uslubingiz va xavfga chidamliligingizga qarab sizga yoʻl koʻrsatadigan bir nechta usul mavjud:
- Belgilangan dollar miqdori: Har bir savdoda xavf ostiga qoʻyiladigan aniq summani, masalan USD 10 ni belgilang. Bu usul bir nechta savdoda xavfni bir xil darajada saqlaydi, bu esa umumiy kapitalingizni asrashga yordam beradi.
- Hisobdan foiz: Har bir savdoda xavf ostiga qoʻyiladigan foizni umumiy hisob balansingizdan kelib chiqib belgilang. Masalan, hisob balansingiz USD 2 000 boʻlsa va xavf darajangiz 1% boʻlsa, har bir savdoda USD 20 xavf ostiga qoʻyiladi. Hisobingiz oʻsgani sari bu summa ham shunga mos ravishda oʻzgaradi. Bu usul ekspozitsiyangizni mavjud mablagʻingizga moslaydi va ayniqsa Volatility 250 Index kabi oʻzgaruvchan aktivlar bilan savdo qilishda foydali.
- ATR yordamida oʻzgaruvchanlikka asoslangan hajm aniqlash: Average True Range (ATR) indikatori aktivning tanlangan davr mobaynidagi oʻrtacha narx harakatini oʻlchaydi. Ayrim treyderlar har bir savdoda xavfni bitta ATR birligi bilan cheklaydi. Masalan, Volatility 25 uchun 14 kunlik ATR USD 8,5 boʻlsa, xavf limitingizni shu summaga oʻrnatasiz. Bu usul ekspozitsiyangizni odatiy kunlik harakatlarga mutanosib saqlaydi va bozor sharoitlariga asoslanib Take Profit (TP) va Stop Loss (SL) darajalarini yanada puxta belgilash imkonini beradi.
Ushbu strategiyalardan foydalanib, bozorning oʻzgaruvchanligiga va shaxsiy savdo ehtiyojlaringizga moslashadigan pozitsiya hajmini aniqlashning mustahkam tizimini yaratishingiz mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Volatility indices savdosida barqaror natijaga erishish uchun pozitsiya hajmini aniqlashni puxta egallash zarur. Bu aktivlarning oʻziga xos xavflarini tushunib, pozitsiya hajmini aniqlashning samarali strategiyalarini qoʻllash orqali kapitalingizni himoya qilishingiz va shu bilan birga foyda olish imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanishingiz mumkin. Ushbu darsda koʻrib chiqilgan strategiyalarni oʻrganar ekansiz, hamma uchun mos keladigan yagona yondashuv yoʻqligini unutmang. Pozitsiya hajmini aniqlash usulini xavfga chidamliligingiz, savdo uslubingiz va bozor sharoitlariga moslashtirish savdo qilishda oʻzingizni ishonchliroq his qilishingizga yordam beradi.
Endi siz Volatility indices dunyosida mas’uliyat bilan va strategik yondashgan holda harakat qilishga yaxshiroq tayyorsiz.
Quiz
Savdoda pozitsiya hajmini aniqlashning asosiy maqsadi nima?
Qaysi pozitsiya hajmini aniqlash usuli hisob balansidagi oʻzgarishlarga qarab moslashadi?
Average True Range (ATR) indikatori nimani oʻlchaydi?


