Dtrader savdo platformasi
Ushbu darsda Deriv Trader platformasida savdolarni samarali amalga oshirishni koʻrib chiqamiz. Platformada qanday harakatlanishni tushunish sizga oʻzingizda mavjud savdo asboblari va resurslaridan toʻliq foydalanish imkonini beradi.
Deriv Trader bilan tanishuv
Deriv Trader Derivning turli xil xususiy mahsulotlari boʻyicha savdo qilishni qulaylashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. U barcha tajriba darajasidagi treyderlarga moslashtirilgan: yangi boshlovchilar uchun qulay interfeysni, tajribali treyderlar uchun esa ilgʻor asboblarni taklif etadi.
Deriv Trader platformasining asosiy xususiyatlari
- Sozlanadigan savdo muhiti: Platformani savdo afzalliklaringizga moslashtiring — bu strategiyalaringizni amalga oshirish uchun juda moslashuvchan vositadir.
- Ilgʻor grafik asboblari: Narx harakatlarini samarali koʻrish uchun tikma-tik grafikdan kunlik shamlargacha boʻlgan turli grafik vaqt oraliqlaridan foydalaning. Platformada, shuningdek, qimmatli xulosalar chiqarish va shaxsiy izohlar qoldirish imkonini beruvchi indikatorlar va chizma asboblarining keng toʻplami mavjud.
- Aktivlarning keng tanlovi: Deriv Trader platformasi 50 dan ortiq aktivga, jumladan oddiy bozor soatlarida Forex, aktsiya indekslari va tovarlarga kirish imkonini beradi. Bundan tashqari, kriptovalyutalar va Derivning sintetik indekslari sutkasiga 24 soat savdo uchun mavjud.
- Savdo turlari va davomiyligi: Platforma turli xavfga munosabat va savdo uslublariga moslashtirilgan savdo turlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Savdo davomiyligini 1 soniyadan 365 kungacha sozlashingiz mumkin, bu esa qisqa muddatli ham, uzoq muddatli ham savdo strategiyalarini qoʻllash imkonini beradi.
Deriv Trader platformasida ishni boshlash
Deriv Trader platformasidan foydalanishni boshlash uchun:
- Deriv Trader Hub boʻlimiga kiring: Kirganingizdan soʻng platformaga oʻtish uchun “Deriv Trader” ni tanlang.
- Grafikni oching: Muayyan aktiv grafigini ochish uchun Bozor kuzatuvi oynasidan savdo qilmoqchi boʻlgan aktivni bosing.
- Indikatorlarni qoʻshing: Asboblar panelidagi “Indikator qoʻshish” belgisini bosib, texnik indikatorlarni qoʻshing. Texnik tahlilingizga yordam beradigan turli indikatorlardan birini tanlang.
Savdolaringizni boshqarish
Deriv Trader savdolarni amalga oshirishdan oldin sizga toʻlanadigan ehtimoliy toʻlovni aniq koʻrsatadi va xavfingizni samarali baholashga yordam beradi:
- Stavka va Toʻlov: Ehtimoliy savdo foydangiz yoki zararingizni ikki usulda belgilashingiz mumkin: Stavka — savdoga muayyan summani ajratish yoki Toʻlov — ehtimoliy foydani koʻrsatish, bunda kerakli stavkani platforma oʻzi koʻrsatadi.
- Xavfni boshqarish funksiyalari: Multipliers kabi savdo turlari uchun Deriv Trader savdolarni samarali boshqarishga yordam beradigan “Take Profit” va “Stop Loss” kabi qoʻshimcha asboblarni taqdim etadi.
Platformada harakatlanish
Deriv Trader platformasida harakatlanish oddiy. Yuqori menyu paneli muhim boʻlimlarga oson kirish imkonini beradi:
- Hisobotlar: Ochiq pozitsiyalaringiz, foyda jadvali va hisob koʻchirmalarini koʻrsatadi.
- Kassa: Mablagʻ kiritish, pul yechish va mablagʻ oʻtkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi.
- Hisob sozlamalari: Profilingiz, parolingiz va xavfsizlik holatini boshqaring.
- Hisob maʼlumotlari: Barcha real va demo hisoblaringizni balanslari bilan birga koʻrsatadi.
Pastki menyuda umumiy maʼlumotlar va sozlamalarni topishingiz mumkin, masalan:
- Sana va GMT: Bozor soatlarini kuzatib boring.
- Jonli chat: Mijozlarga zudlik bilan yordam.
- Yordam markazi: Koʻp beriladigan savollar va masʼuliyatli savdo boʻyicha maslahatlarga kiring.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Deriv Trader platformasi sizning savdo ehtiyojlaringizga moslashtirilgan kuchli va sozlanadigan savdo imkoniyatlarini taklif etadi. Ushbu platformani puxta oʻzlashtirib, savdolarni ishonch bilan va samarali amalga oshirishga tayyor boʻlasiz.
Deriv Trader platformasidagi asboblardan foydalanib, savdo strategiyalaringizni mashq qilish va takomillashtirish uchun bepul demo hisobdan boshlashni tavsiya etamiz. Keyingi darsimizda savdo ish maydoningizni yanada optimallashtirishga yordam beradigan grafik shablonlari va profillarni koʻrib chiqamiz. Ushbu darsda ishtirok etganingiz uchun rahmat, savdolaringiz muvaffaqiyatli boʻlsin!
Quiz
Deriv Trader platformasining asosiy vazifasi nima?
Deriv Trader savdo muhitingizni sozlash uchun qanday asosiy imkoniyatni taqdim etadi?
Deriv Trader xavfni boshqarishga qanday yordam beradi?


