Asosiy kontentga oʻtish
Dars
8
Volatility Indices | Boshlangʻich

Toʻgʻri oʻzgaruvchanlikni tanlash

Davomiyligi
3
daqiqa

Savdoda oʻzgaruvchanlik aktiv narxining maʼlum bir davr mobaynida qanchalik oʻzgarishini bildiradi. U bozordagi tebranishlarning muhim koʻrsatkichi va xavfni baholashning asosiy omilidir. Yuqori oʻzgaruvchanlik aktiv narxi qisqa vaqt ichida keskin oʻzgarishi mumkinligini anglatadi, bu esa sezilarli daromad yoki zararga olib kelishi mumkin. Aksincha, past oʻzgaruvchanlik narx harakatlari unchalik keskin boʻlmagan, barqarorroq muhitni bildiradi. Oʻzgaruvchanlikni tushunish bozorlarda yoʻnalish topish va samarali savdo qilishning kalitidir.

Volatility indices narx harakatlarining ushbu turli darajalarini aks ettiradi va turli savdo uslublariga moslashtirilgan. Ushbu darsda Volatility indices xususiyatlari, treyderlar uchun eʼtiborga olinadigan jihatlar hamda samarali savdo qilishning amaliy strategiyalari haqida maʼlumot beriladi.
‍

Volatility indices xususiyatlari

Deriv turli xil Volatility indices taklif etadi; ularning har biri kutilayotgan narx tebranishlarini belgilovchi oʻzgaruvchanlik foizi bilan ifodalanadi. Standart Volatility indices har 2 soniyada narx harakatini (tik) hosil qilsa, Deriv shuningdek, oʻzgaruvchanligi bir xil, ammo har soniyada tik hosil boʻladigan indekslarni ham taklif etadi. Bu indekslarni belgidagi (1s) orqali ajratib olishingiz mumkin.
Quyida oʻzgaruvchanlik darajasi batafsilroq izohlangan bir nechta mashhur misollar keltirilgan:

  • Volatility 10 Index: Oʻzgaruvchanligi 10% boʻlgan ushbu indeks barqarorlik va kichikroq narx harakatlarini izlayotgan treyderlarga mos keladi. Shu sababli u yangi boshlovchilar yoki yanada bashorat qilish mumkin boʻlgan savdo muhitini afzal koʻradiganlar uchun juda qulay.
    ‍
  • Volatility 25 Index: 10 Index bilan solishtirganda biroz koʻproq harakatni taklif etuvchi Volatility 25 Index xavf va daromad oʻrtasida muvozanatni saqlaydi. U treyderlarga ma'lum darajadagi barqarorlikni saqlagan holda biroz faolroq savdo qilish imkonini beradi.
    ‍
  • Volatility 100 Index: Bu indeksning oʻzgaruvchanligi 100% boʻlib, u bashorat qilish qiyinroq boʻlgan bozor muhitini ifodalaydi. U yuqori potensial daromad beradi, biroq unga hamroh boʻlgan xavflar uni tajovuzkor savdo strategiyalarini qoʻllay oladigan tajribali treyderlar uchun mos qiladi.
    ‍
  • Volatility 150 Index: 150% ekstremal oʻzgaruvchanlikka ega ushbu indeks tez sur'atli va xavfliroq muhitda yaxshi natija koʻrsatadigan treyderlarga mos keladi. U sezilarli daromad olish imkoniyatlarini taqdim etsa-da, katta zarar koʻrish ehtimolini ham oʻzida mujassam etadi, shu bois puxta xavfni boshqarish strategiyalarini talab qiladi.
    ‍

Savdo uslubingiz va xavfga chidamliligingizni baholash

Volatility Index tanlashda oʻzingizning savdo uslubingiz va xavfga chidamliligingizni hisobga olish muhim:

  • Xavfga munosabat: Keskin narx tebranishlari sizga qulaymi yoki bashorat qilish osonroq boʻlgan harakatlarni afzal koʻrasizmi? Xavfga munosabatingiz indeks tanlovingizga katta taʼsir koʻrsatadi.
    ‍
  • Savdo tajribasi: Yangi boshlovchilar bozor dinamikasi bilan tanishish uchun Volatility 10 Index kabi oʻzgaruvchanligi pastroq indekslardan boshlashni foydali deb topishi mumkin. Boshqa tomondan, tajribali treyderlar yuqoriroq daromad olishni maqsad qilib, yanada tajovuzkor Volatility 75 yoki 100 Indices indekslarini tanlashi mumkin.
    ‍
  • Strategik yondashuv: Savdolarni kuzatish va tahlil qilishga qancha vaqt va kuch sarflashga tayyorligingizni baholang. Oʻzgaruvchanligi yuqori indekslar koʻproq eʼtibor va tezkor qaror qabul qilishni talab qilishi mumkin, oʻzgaruvchanligi pastroq indekslar esa savdoga xotirjamroq yondashish imkonini beradi.
    ‍

Volatility indices uchun amaliy savdo strategiyalari

Har bir Volatility Index oʻzining oʻzgaruvchanlik xususiyatlariga qarab turli savdo strategiyalariga mos keladi. Quyida Volatility indices bilan savdo qilmoqchi boʻlganlar uchun bir nechta foydali amaliyotlar keltirilgan:

  1. Stop Loss buyruqlaridan foydalanish: Volatility 75 yoki 100 kabi oʻzgaruvchanligi yuqori bozorlarda Stop Loss buyruqlaridan foydalanish yaxshi amaliyotdir. Bu vosita pozitsiyalar maʼlum narx darajasiga yetganda ularni avtomatik yopish orqali potensial zararni kamaytirishga yordam beradi.
    ‍
  2. Trendga ergashish: Volatility 50 va 100 kabi indekslar uchun trendga ergashish strategiyasini qoʻllashni koʻrib chiqing. Bu bozor harakatlarini tahlil qilib, trendlarni aniqlash va savdolarni shu trendlar yoʻnalishida ochishni oʻz ichiga oladi.
    ‍‍
  3. Diversifikatsiya: Mablagʻingizni bir nechta Volatility indices boʻylab taqsimlash xavfni boshqarishga yordam beradi. Masalan, Volatility 10 Index va Volatility 150 Index boʻyicha pozitsiyalarga ega boʻlish bozor harakatining turli darajalaridan foydalanib, xavfni muvozanatlash imkonini beradi.

Quiz

Savdo kontekstida volatillik qanday taʼriflanadi?

Qaysi xususiyat tufayli Volatility 10 Index ehtiyotkor treyderlar uchun mos keladi?

Nima uchun treyderlar oʻzgaruvchan bozorlarda Stop Loss buyruqlaridan foydalanishi kerak?

Analyse markets with AI-powered insights

Explore TradersView
WhatsApp